Yangiliklar
“Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi” tanlovi ğoliblari aniqlandi!
27-oktabr 2026-yil
“Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi” tanlovi tegişli nizom talablari asosida respublika miqyosida onlayn şaklda uç bosqiçda ötkazildi.
Tanlovning maktab bosqiçi 2026-yil 5–20-sentabr, hududiy bosqiçi esa 5–15-oktabr kunlari taşkil etildi.
Yakuniy respublika bosqiçida 14 ta hududdan 3 nafardan, jami 42 nafar nomzodning taqdimotlari tajribali mutaxassislar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Natijalarga köra, özbek tilini öqitiş metodikasi, ilğor pedagogik yondaşuvlari va kasbiy mahorati bilan ajralib turgan Guliston şahar 2-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Safarova Gavhar "Yilning eng yaxşi özbek öqituvçisi" tanlovining Respublika bosqiçida Sirdaryo viloyati ğolibasi deb topildi.