Yangiliklar
O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz va bebaho qadriyatimiz
20-oktabr 2026-yil
Boyovut tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabida 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan ona tilimizning boyligi, jozibasi va betakrorligini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.
O‘quvchilar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar ifodali o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, ona tilimizning tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni va uni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.
Bayram dasturi o‘quvchilarda ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhini mustahkamlash hamda yosh avlod qalbida o‘zbek tiliga mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.