Yangiliklar

.

“QONUN OLDIDA BARCHAMIZ TENGMIZ” — INSHOLAR TANLOVI

19-oktabr 2026-yil
image

Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida “Qonun oldida barchamiz tengmiz” mavzusida insholar tanlovlari tashkil etilmoqda.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda adolat, tenglik va qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiqlik tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.

O‘quvchilar o‘z insholarida qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi, huquq va majburiyatlar hamda qonunlarga rioya qilishning ahamiyati yuzasidan fikrlarini bayon etmoqdalar.

Bunday tashabbuslar yosh avlodning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashga xizmat qiladi.


#SirdaryoMMTB #HuquqiySavodxonlik #QonunUstuvorligi

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==