Yangiliklar
ONA TILIM — JONU DILIM!
19-oktabr 2026-yil
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Mirzaobod tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ona tilim — jonu dilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda jajji tarbiyalanuvchilar she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehrini namoyon etdilar.
Zero, ona tiliga muhabbat — Vatanga muhabbatdir!