Yangiliklar

.

“SEN ISTE’DODLISAN!” — HAR BIR BOLA O‘ZIGA XOS VA BETAKROR!

9-oktabr 2026-yil
image

Sirdaryo tumani 41-umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida “Sen iste’dodlisan!” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda maktabning barcha inklyuziv sinflari o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z iste’dodlari, ijodkorligi va o‘ziga xos qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Tadbir yakunida faol qatnashgan barcha inklyuziv sinf o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zero, har bir bola iste’dod egasi! Muhimi — uning qobiliyatini ko‘ra bilish, qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarishdir.

#SenIsteDodlisan #InklyuzivTalim #SirdaryoTumani #HarBirBolaMuhim

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==