Yangiliklar

.

“Hangeul — Koreys alifbosi kuni”

8-oktabr 2026-yil
image

Yangiyer shahar 7-sonli umumta’lim maktabida 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Hangeul — Koreys alifbosi kuni” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars davomida o‘quvchilar koreys yozuvining tarixi, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda koreys xalqining madaniy merosi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va turli xalqlar madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Sifatli ta’lim — yangi imkoniyatlar sari qadam!

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==