Yangiliklar

.

ASOSIY OLIMPIADANING BIRINCHI BOSQICHI TAHLIL QILINDI

7-oktabr 2026-yil
image

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining olimpiada bo‘yicha mas’ullari ishtirokida 2026/2027-o‘quv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda birinchi bosqichni o‘tkazish jarayonlari, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Asosiy olimpiadaning ikkinchi (tuman) bosqichini Nizom talablari asosida shaffof, xolis va adolatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Tuman (shahar) mas’ullarining joylardagi muammo, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Maqsad — iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini munosib baholash hamda olimpiada jarayonlarining shaffofligini ta’minlash.

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==