Yangiliklar
“O‘YINGA ASOSLANGAN TA’LIM”: AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
6-oktabr 2026-yil
Oqoltin tumanidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mentorlar ishtirokida “O‘yinga asoslangan ta’lim” yo‘nalishida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida o‘yinga asoslangan ta’limning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojidagi o‘rni, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘yin faoliyatidan samarali foydalanish hamda pedagogning bu jarayondagi yetakchilik roli bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar o‘yin orqali bolalarning ijodiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish bo‘yicha tajriba almashdilar.
O‘yinga asoslangan ta’lim — bolaning dunyoni anglashiga, erkin fikrlashi va har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiluvchi samarali yondashuv.