Yangiliklar

.

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “METODIK MAHORAT KUNI” YO‘LGA QO‘YILDI

6-oktabr 2026-yil
image

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ilg‘or metodikalarni ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 3-sentabrdagi 328-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida joriy etilmoqda.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” o‘quv dasturlariga o‘yinga asoslangan ta’lim faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mavzular ham kiritiladi.

2026-yil 6-oktabrdan boshlab tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” tadbirlari tasdiqlangan reja-jadval asosida o‘tkazilmoqda.

“Metodik mahorat soati” esa maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tasdiqlagan jadval asosida direktor o‘rinbosarlari tomonidan guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonini kuzatish, refleksiv amaliyot va pedagoglarning malakasini oshirish shaklida tashkil etiladi.

Maqsad — zamonaviy bilim va metodikalarga ega, doimiy izlanadigan hamda pedagogik mahoratini muntazam oshirib boradigan tarbiyachilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

sir_svxtb@xtv.uz
@?mibextid=ZbWKwL
@sirdaryommtb
/sirdaryo_mmtb?igsh=MWZucHF1OWhtcGRxYg==