Yangiliklar

.

TANQIDIY-TAHLILIY YIG‘ILISH: MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINIB, ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

5-oktabr 2026-yil
image

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O.Mavlonberdiyev hamda boshqarma boshlig‘i N.Xolbayeva ishtirok etdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilashga qaratildi.

Xususan, yig‘ilishda:
 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar qamrovini oshirish;
 tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish;
 ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noxush holatlarning oldini olish va ularga munosabat bildirish;
 aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.


Yig‘ilishda muammolarni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning sabablarini chuqur tahlil qilish, mas’ullar faoliyatini baholash va aniq vazifalarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy maqsad — ta’lim sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tizimda mas’uliyat hamda ijro intizomini kuchaytirish.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=