Yangiliklar

.

ZAKOVAT — BOLAJONLAR NIGOHIDA!

23-sentabr 2026-yil
image

Bugun bilim, topqirlik va chaqqon fikrlash maydonida eng kichik zakovat egalari jam bo‘ldi!

 Guliston shahar Istirohat bog'ida Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlarida saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini: bolalar nigohida tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv davomida bolajonlar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, topqirligi, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
 

Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — Mirzaobod tumani 15-sonli DMTT
2-o‘rin — Shirin shahri 2-sonli DMTT
 3-o‘rin — Guliston tumani 23-sonli DMTT

G‘olib va faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bugun ular savollarga javob berishdi. Ertaga esa o‘z bilimlari bilan katta marralarni zabt etadilar!

#Zakovat #BolalarNigohida #SirdaryoTaʼlimi #DMTT #TopqirBolajonlar

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=