Yangiliklar

.

XUSHXABAR! SIRDARYOLIK SHAXZODA — RESPUBLIKA SOVRINDORI!

18-sentabr 2026-yil
image

Mirzaobod tumani 13-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xo‘jaqulova Shaxzoda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning sportning stol tennisi turi bo‘yicha Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi!

7 yoshidan buyon stol tennisiga mehr qo‘yib, tinimsiz mehnat qilayotgan Shaxzodaning navbatdagi yutug‘i — maktabimiz va viloyatimiz uchun katta faxr!
 Eng quvonarlisi, g‘olibamiz sharafiga Oqoltin mahallasida Street workout maydonchasi barpo etiladi.

Shaxzodani ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz! Kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!

 

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=