Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi tegishli qaroriga asosan:
18-sentabr 2026-yil
2026-yildan boshlab — magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) berish amaliyoti joriy qilindi.
Ushbu imtiyoz Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom.edu.uz platformasi orqali yuqoridagi qaror talablariga mosligi boʻyicha tavsiya etilgan diplomlar uchun amal qiladi.
Murojaatlarni:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi;
➖ Davlat xizmatlari markazlari;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin:
Maʼlumot uchun: pedagog.uzedu.uz platformasi orqali murojaat yuborish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
platformadagi profilingizga kiring;
“Murojaatlarim” boʻlimini oching;
toʻgʻridan-toʻgʻri turni tanlang;
kerakli formalarni toʻldiring;
oxirgi formadan imtiyoz tanlash qismida "Magistraturani aʼlo baholarga tamomlaganlar" ni tanlang;
“Yuborish” tugmasini bosing.