Yangiliklar
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — TAKLIFLAR E’TIBORDA
18-sentabr 2026-yil
Boshqarma boshlig'ining navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvi Guliston tumani 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o'quvchi yoshlari bilan bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqotda yoshlarning fikr, taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan har bir taklif e’tiborsiz qoldirilmay, tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi.
Yoshlarni tinglash — ularning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish demakdir.
Yoshlar fikri — e’tiborda. Tashabbus — qo‘llab-quvvatlanadi!
Guliston tumani 3-sonli umumta’lim maktabida O‘zbek tili fanidan Asosiy olimpiadaning maktab bosqichida ishtirok etayotgan 9–10–11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘i N.Xolbayeva olimpiada jarayonini kuzatib, yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan ta’lim, tarbiya va kelajakdagi maqsadlar haqida iliq va samimiy muloqot o‘tkazildi.