Yangiliklar
Yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va davomat — ustuvor vazifa
12-sentabr 2026-yil
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va davomatni ta’minlash” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda yangi o‘quv yilida viloyatda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar davomatini ta’minlash, dars jarayonlarini samarali tashkil etish hamda ta’lim natijalarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanida ta’lim sifatini baholashda aniq ko‘rsatkich va natijalarga tayanish, o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishini ta’minlash, sababsiz qoldirilayotgan mashg‘ulotlarning oldini olish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, pedagoglarning metodik salohiyatini kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim muassasalarida sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha rejalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Matbuot anjumanida jurnalist va OAV vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi.
Sifatli ta’lim — yuqori natija, yuqori natija esa kuchli kelajak demakdir!