Yangiliklar

.

Xorijlik ingliz tili o‘qituvchilari — Shirin shahridagi maktablarda!

8-sentabr 2026-yil
image

O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning xorijiy tillarni puxta egallashi hamda zamonaviy ta’lim metodikalarini amaliyotga keng joriy etish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoniga asosan, 2025/2026-o‘quv yilida Sirdaryo viloyati hokimligi buyurtmasi asosida 80 nafar xorijlik ingliz, nemis, xitoy va fransuz tili o‘qituvchilarini jalb etish belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosi doirasida Shirin shahridagi 1- va 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga Filippin Respublikasi hamda Hindiston davlatidan malakali ingliz tili o‘qituvchilari jalb qilinib, ular o‘z ish faoliyatini boshladi.
Xorijlik mutaxassislarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi o‘quvchilarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy va samarali o‘qitish metodikalarini ommalashtirish, xalqaro standartlar asosida ta’lim berish hamda mahalliy pedagoglar bilan tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
 Endilikda Shirin shahridagi o‘quvchilar ingliz tilini bevosita xorijlik mutaxassislardan o‘rganish, xalqaro tajriba va zamonaviy metodikalar asosida bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega.
 Bu kabi tashabbuslar — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning xorijiy tillarni puxta egallashi va ularning kelajakdagi raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=