Yangiliklar

.

2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim masalalar muhokama qilindi

7-sentabr 2026-yil
image

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar sho‘basi tomonidan Boyovut, Xovos tumanlari hamda Yangiyer va Shirin shaharlaridagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mas’ul xodimlari, umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda 2026–2027-o‘quv yilida:
— o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlarini taqsimlash jarayonining shaffofligini ta’minlash va uni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish;
— 2025-yil 28-oktabrda Adliya vazirligida 3271-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qaror mazmun-mohiyati hamda undagi talablarni amaliyotga tatbiq etish; — umumta’lim maktablarida variativ sinflarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
— tanlov sinflari va tanlov fanlarini o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib tashkil etish;— ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgan ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, ishtirokchilarning savol, taklif va murojaatlari tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

sir_svxtb@xtv.uz
@profile.php?id=100090799016616
@sirdaryommtb
/sirdaryo_vil_mmt_boshqarmasi?igshid=ZDdkNTZiNTM=